Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 12:06 – Sanoat korxonalarining samarali faoliyati iqtisodiyotning barqaror ishlashining muhim omili 
  • 11:40 – O‘zbekiston 1,4 million dollarlik choy eksport qiladi 
  • 18:34 – Mehnat migratsiyasi agentligi 3500 nafardan ortiq kishini chet elga ishlashga jo‘natdi 
  • 14:40 – O'zbekiston iqtisodiyoti qanaqa xususiyatlarga ega bo'lishi kerak-ki, u raqobatbardosh hisoblana boshlasa? 


O‘zbekiston va Ukraina hukumatlararo komissiya faoliyatini qayta tiklashni rejalashtirmoqda

  • 05.03.2018, 12:03,
  • ---
  • 0

11 yillik tanaffusdan so‘ng O‘zbekiston va Ukraina kuz oylarida hukumatlararo komissiya faoliyatini qayta tiklashni rejalashtirmoqda.

2 mart 2018, 15:54   Iqtisodiyot  27 fevral kuni Ukraina Iqtisodiy rivojlanish va savdo vazirligida O‘zbekiston va Ukraina o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari yuzasidan konsultatsiya o‘tkazildi, deya xabar qildi Tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.
Tashqi savdo vazirining o‘rinbosari Soxib Saifnazarov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasini Ukraina Iqtisodiy rivojlanish va savdo vazirining o‘rinbosari Natalya Mikolska qabul qildi.
Tomonlar konsultatsiya davomida ikki yoqlama savdo hajmini tubdan oshirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar shuningdek, boshqa O‘zbekiston-Ukraina savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalariga qaratilgan muhim masalalarni muhokama qildilar.
Konsultatsiya so‘ngida tomonlar mintaqalararo hamkorlik mexanizmini yo‘lga qo‘yish, joriy yilning uchinchi kvartalida navbatdagi savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Ukraina Hukumatlararo komissiyasi yig‘ilishini shuningdek, Toshkent shahrida ikki mamlakat ishbilarmon doira vakillari ishtirokidagi biznes-forumlarni o‘tkazishga kelishib oldilar.
Manba:https://www.gazeta.uz/oz/2018/03/02/ukraina/скачать dle 12.0
рейтинг: 
Оставить комментарий
  • Komikslar
  • Latifalar
  • Videolar
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
  • Вконтакте
  • Facebook
  • Twitter
{vkcom}