Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 12:06 – Sanoat korxonalarining samarali faoliyati iqtisodiyotning barqaror ishlashining muhim omili 
  • 11:40 – O‘zbekiston 1,4 million dollarlik choy eksport qiladi 
  • 18:34 – Mehnat migratsiyasi agentligi 3500 nafardan ortiq kishini chet elga ishlashga jo‘natdi 
  • 14:40 – O'zbekiston iqtisodiyoti qanaqa xususiyatlarga ega bo'lishi kerak-ki, u raqobatbardosh hisoblana boshlasa? 


Xorijiy investorlar huquqi doimiy himoyada

Mamlakatimizda qulay investitsiya muhitining yaratilgani tufayli iqtisodiyotimizga kiritilayotgan xorijiy investitsiyalar hajmi izchil va barqaror o‘sib borayotir. Investitsiya dasturlarini amalga oshirish natijasida yangidan-yangi obyektlar ishga tushirilmoqda, ishlab chiqarish hajmi o‘sib, yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda.
Xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalarning mamlakatimizda erkin faoliyat yuritishi uchun zarur kafolatlar, qulay tashkiliy va huquqiy shart-sharoitlar ko‘lami tobora kengaymoqda. Xususan, ro‘yxatga olish, hisobotlarni taqdim etish, ruxsatnomalar berish tartib-taomillari soddalashtirildi. Huquqiy ta’sir choralari faqat sud orqali amalga oshirilmoqda.
Ayniqsa, huquqiy himoya tizimi tobora mustahkamlanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan xorijiy investorlar va xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar huquqlarini ta’minlash borasida izchil ish olib borilayotir. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 2 mayda qabul qilingan “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni huquqiy himoya qilishni kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori muhim dasturilamal bo‘layotir.
– Qonunchiligimizda xorijiy investorlarning mamlakatimizda erkin faoliyat yuritishi aniq belgilab qo‘yilgan, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi xorijiy investitsiyalar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni huquqiy himoya qilish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari B.Mahmudov. – O‘z sarmoyasini erkin tasarruf etish, investitsiya faoliyatiga doir ma’lumotlardan erkin foydalanish, davlat hisobiga o‘tkazish yoki olinishidan himoyalash huquqlari kafolatlangan. Bundan tashqari boj, soliq bilan bog‘liq munosabatlarda xorijiy investitsiyalar uchun ko‘plab imtiyozlar berilgan.
Yaratilgan shart-sharoitlardan samarali foydalanib, xorijiy investitsiyalar ishtirokida tobora rivojlanayotgan korxonalar soni ko‘paymoqda. Ammo ba’zan bunday korxonalar manfaatini buzish hollari ham uchramoqda. Xususan, 2009 yil davomida adliya organlariga xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalardan olti yuzdan ortiq murojaat tushdi. Ularni ko‘rib chiqish bo‘yicha tegishli vazirlik, nazorat qiluvchi idoralarga, shuningdek, mahalliy hokimliklarga qonunbuzilishini va unga olib keluvchi sabablarni bartaraf etish haqida taqdimnomalar, xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning huquqlarini buzayotgan idoralar qarorlarini to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risida ko‘rsatmalar kiritildi.
Ko‘rilgan ta’sir choralari natijasida turli idoralarning 32 noqonuniy qabul qilgan qarori bekor qilindi va xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga 124 million so‘mga yaqin mablag‘ qaytarildi. Bundan tashqari, 326 nafar aybdor mansabdor shaxs intizomiy javobgarlikka tortildi, shundan 16 nafari egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Shu bilan bir qatorda, 2009 yilda xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar manfaatlarini himoyalash yuzasidan sudlarga jami 10 milliard so‘mlikka yaqin mablag‘ni undirish haqida da’vo arizalari kiritildi. Hozirgi kungacha mazkur mablag‘ning 6,5 milliard so‘mlikdan ortig‘ini xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar foydasiga undirish to‘g‘risida qarorlar qabul qilindi.
Xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar manfaatlarini himoya qilish borasidagi bunday ishlar izchil davom ettirilmoqda.
O‘zA, Norgul Abduraimova

скачать dle 12.0
рейтинг: 
Оставить комментарий
  • Komikslar
  • Latifalar
  • Videolar
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
  • Вконтакте
  • Facebook
  • Twitter
{vkcom}