Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 12:06 – Sanoat korxonalarining samarali faoliyati iqtisodiyotning barqaror ishlashining muhim omili 
  • 11:40 – O‘zbekiston 1,4 million dollarlik choy eksport qiladi 
  • 18:34 – Mehnat migratsiyasi agentligi 3500 nafardan ortiq kishini chet elga ishlashga jo‘natdi 
  • 14:40 – O'zbekiston iqtisodiyoti qanaqa xususiyatlarga ega bo'lishi kerak-ki, u raqobatbardosh hisoblana boshlasa? 


Xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar uchun belgilangan imtiyozlar


I. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 apreldagi PF-4434 sonli Farmoni bilan xorijiy investorlar va xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar uchun yaratilgan kafolat va imtiyozlar
1. Xorijiy investorning pul shaklidagi ulushi 5 million AQSH dollaridan kam bo’lmagan yangidan tashkil etilayotgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar davlat ro’yxatidan o’tgan sanadan boshlab 10 yil mobaynida soliq qonunchiligida o’zgarishlar yuz bergan hollarda, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i, qo’shilgan qiymat, mol-mulk solig’i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i, yagona ijtimoiy to’lov, yagona soliq to’lovi, shuningdek, Respublika yo’l jamg’armasiga hamda Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruktsiya qilish uchun majburiy ajratmalar to’lashning mazkur korxonalar davlat ro’yxatidan o’tish sanasida amal qilgan me’yorlari va qoidalarini qo’llash huquqi berildi.
2. Qiymati 50 million AQSH dollaridan oshadigan va xorijiy investorning ulushi kamida 50 foiz bo’lgan investitsiya loyihalari doirasida, ishlab chiqarish maydonidan tashqaridagi zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish byudjet mablag’lari hamda boshqa ichki moliyalashtirish manbalari hisobidan amalga oshiriladi.
3. Vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari, tijorat banklari tomonidan xorijiy investorlar hamda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning faoliyati bilan bog’liq qo’shimcha talablar va cheklovlar o’rnatilishi qat’iyan taqiqlangan va bu hol qonunga xilof deb hisoblanadi.
4. Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotishda tender savdolarini o’tkazish bo’yicha Davlat komissiyasiga (R.S. Azimov) xorijiy investorlarning buyurtmanomalari bo’yicha xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni barpo etish uchun mahalliy davlat hokimiyati organlarining balansida bo’lgan past likvidli ob’ektlarni aniq investitsiya majburiyati ostida investor bilan to’g’ridan-to’g’ri shartnomalar tuzish yo’li bilan tanlov o’tkazmasdan «nolь» xarid qiymati bo’yicha sotish huquqi berildi.
5. Vazirliklar, idoralar va xo’jalik birlashmalarining buyurtmanomalari bo’yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishda qatnashayotgan xorijiy kompaniyalarning mansabdor shaxslari va mutaxassislariga 12 oy muddat bilan kirish vizalari hamda ko’p martalik vizalar rasmiylashtirilish belgilandi.
6. Xorijiy investorlarga o’zlarining investitsiya faoliyatini amalga oshirishlari uchun Davlat byudjeti va uning ijrosi, pul-kredit siyosati, tashqi savdo hamda boshqa ko’rsatkichlarni hisobga olgan holda zarur bo’lgan iqtisodiy axborotlardan tizimli asosda belgilangan tartibda keng foydalanish imkoni yaratildi.
II. Xorijiy investorlar va xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar uchun soliq va bojxona sohasida belgilangan kafolat va imtiyozlar
1. 2005 yilning 1 iyulidan boshlab to’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etadigan va (ro’yxat bo’yicha) iqtisodiyot tarmoqlarida mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan korxonalar yuridik shaxslarning foydasidan olinadigan soliq, mulk solig’i, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va obodonlashtirish solig’i, mikrofirma va kichik korxonalar uchun belgilangan yagona soliq to’lashdan, shuningdek Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy ajratmalar to’lashdan ozod qilingan.
To’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investitsiyalar hajmi quyidagicha bo’lganda mazkur soliq imtiyozlari beriladi:
300 ming AQSH dollaridan 3 million AQSH dollarigacha — 3 yil muddatga;
3 milliondan ortiq AQSH dollaridan 10 million AQSH dollarigacha — 5 yil muddatga;
10 million AQSH dollaridan ortiq bo’lganda — 7 yil muddatga.
Keyingi qonun hujjatlarida investitsiyalash shart-sharoitlari yomonlashgan taqdirda imtiyozlar qancha muddatga berilgan bo’lsa, ana shu muddat mobaynida amal qiladi.
Asos: O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 11 apreldagi “To’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” PF-3594 sonli Farmoni
2. Xalq iste’mol tovarlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, ustav fondida xorijiy sarmoya ulushi 50 foizdan ortiq bo’lgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar ro’yxatdan o’tkazilgan paytdan boshlab 5 yil muddatga xorijiy valyutadagi tushumni majburiy sotishdan ozod qilinadi. Mazkur korxonalar, agar ushbu tovarlarni o’zining ishlab chiqarishi ulushi xo’jalik faoliyatidan olingan tushum umumiy miqdorining 60 foizidan ortiqni tashkil etsa, xalq iste’mol tovarlari ishlab chiqarishga ixtisoslashayotgan korxonalar deb hisoblanadi.
Asos: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 29 iyundagi “Birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida” VM-245 sonli Qarori
3. Neft va gaz konlarini qidirish va razvedka qilish ishlarini amalga oshiruvchi xorijiy kompaniyalar, shuningdek ular tomonidan jalb etiladigan xorijiy pudrat va yordamchi pudrat tashkilotlari quyidagilarni to’lashdan ozod qilingan:
- geologiya-razvedka ishlarini o’tkazish davrida byudjetdan tashqari jamg’armalarga barcha turdagi soliqlar va majburiy ajratmalarni;
- qidirish, razvedka qilish va boshqa tegishli ishlarni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan mashina-uskunalarni, moddiy-texnika resurslari va xizmatlarni import qilish chog’ida bojxona to’lovlarini.
Asos: O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000 yil 28 apreldagi “Neft va gaz konlarini razvedka qilish hamda ularni qazib chiqarishga bevosita xorijiy sarmoyalarni jalb etish chora-tadbirlari to’g’risida” PF-2598 sonli Farmoni
4. Neft va gaz konlarini qidirish va razvedka qilish ishlarini amalga oshirgan xorijiy kompaniyalar ishtirokida tashkil etiladigan neftь va gaz qazib chiqaruvchi qo’shma korxonalar neftь yoki gaz qazib olinishidan boshlab 7 yil muddatga foyda solig’i to’lashdan ozod qilingan.
Asos: O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000 yil 28 apreldagi “Neft va gaz konlarini razvedka qilish hamda ularni qazib chiqarishga bevosita xorijiy sarmoyalarni jalb etish chora-tadbirlari to’g’risida” PF-2598 sonli Farmoni
5. Bojxona bojini undirishdan quyidagilar ozod qilingan:
- chet ellik investorlar va ustav fondida chet el investitsiyalarining ulushi kamida o’ttiz uch foiz bo’lgan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar tomonidan o’z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun O’zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan mol-mulk;
- chet ellik investorlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalariga muvofiq O’zbekiston Respublikasida turgan chet ellik investorlar va chet davlatlar fuqarolarining shaxsiy ehtiyojlari uchun olib kiriladigan mol-mulk;
- O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga umumiy summasi ellik million AQSH dollaridan ziyod bo’lgan to’g’ridan-to’g’ri investitsiyani amalga oshirgan chet ellik yuridik shaxslar tomonidan olib kiriladigan tovarlar, basharti olib kiriladigan tovarlar ularning o’z ishlab chiqarish mahsuloti bo’lsa;
- O’zbekiston Respublikasi hududiga qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlanadigan ro’yxat bo’yicha olib kirilayotgan texnologik jihozlar, shuningdek butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, agar ularni yetkazib berish texnologik jihozlarni yetkazib berish kontrakti shartlarida nazarda tutilgan bo’lsa.
Asos: O’zbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustdagi “Boj tarifi to’g’risidagi” 470-I-sonli Qonuni, 33-modda
III. Xorijiy investorlar va xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar uchun qulay investitsion muhit yaratish maqsadida belgilangan kafolat va imtiyozlar
1. Chet el investitsiyalarining huquqiy rejimi O’zbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy shaxslari tomonidan amalga oshirilayotgan investitsiyalarning tegishli rejimiga qaraganda noqulayroq bo’lishi mumkin emas.
Asos: O’zbekiston Respublikasining 1998 yil 30 apreldagi “Chet el investitsiyalari to’g’risidagi” 609-I-sonli Qonuni, 9-modda
2. Davlat boshqaruv organlari va davlat hokimiyati mahalliy organlari chet ellik investorlarning so’rovlariga ko’ra ularni qiziqtirgan axborotni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda berishlari shart.
Asos: O’zbekiston Respublikasining 1998 yil 30 apreldagi «Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to’g’risida» 611-I-sonli  Qonuni, 9-modda
3. Agar O’zbekiston Respublikasining keyingi qonun hujjatlari investitsiyalash shart-sharoitlarini yomonlashtirsa, unda chet ellik investorlarga nisbatan investitsiyalash sanasida amal qilgan qonun hujjatlari investitsiyalash paytidan boshlab o’n yil mobaynida qo’llaniladi. Chet ellik investor o’z xohishiga ko’ra yangi qonun hujjatlarining investitsiyalash shart-sharoitlarini yaxshilaydigan qoidalarini qo’llash huquqiga egadir.
Asos: O’zbekiston Respublikasi 1998 yl 30 apreldagi «Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to’g’risida» 611-I-sonli Qonuni, 3-modda
4. O’zbekiston Respublikasidagi chet el investitsiyalari va chet ellik investorlarning boshqa aktivlari davlat mulkiga aylantirilmaydi.
Chet el investitsiyalari va chet ellik investorlarning boshqa aktivlari rekvizitsiya qilinmaydi, tabiiy ofatlar, falokatlar, epidemiyalar, epizootiya hollari bundan mustasno.
Asos: O’zbekiston Respublikasi 1998 yl 30 apreldagi «Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to’g’risida» 611-I-sonli Qonuni, 5-modda
5. Chet ellik investorning O’zbekiston Respublikasida olgan daromadlari chet ellik investorning xohishiga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi hududida reinvestitsiya qilinishi yoki boshqa har qanday usulda ishlatilishi mumkin.
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar qonun hujjatlariga muvofiq quyidagi huquqlarga ega:
O’zbekiston Respublikasi hududida, shuningdek undan tashqarida har qanday valyutada, har qanday bankda hisobvaraqlar ochish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish;
chet el valyutasida ssudalar olish va uni qaytarish.
Asos: O’zbekiston Respublikasi 1998 yl 30 apreldagi «Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to’g’risida» 611-I-sonli Qonuni, 6-modda
6. Chet ellik investorlarga chet el valyutasidagi pul mablag’larini O’zbekiston Respublikasiga va undan tashqariga, ular soliqlar hamda boshqa majburiy to’lovlarni O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to’lashi sharti bilan, biron-bir cheklashsiz erkin o’tkazish kafolatlanadi.
Asos: O’zbekiston Respublikasi 1998 yl 30 apreldagi «Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to’g’risida» 611-I-sonli Qonuni, 7-modda
7. Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari talablariga rioya etgan holda eksport-import operatsiyalarini mustaqil ravishda amalga oshiradilar. O’zlari ishlab chiqargan mahsulotni eksport qilganlarida bunday mahsulot litsenziyalanmaydi va kvotalanmaydi.
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq o’z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun mahsulotni litsenziyasiz import qilishga haqli. Eksportga chiqariladigan o’zining ishlab chiqargan mahsulotini va korxonalar tomonidan o’z ehtiyojlari uchun import qilinadigan mahsulotni aniqlash tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Asos: O’zbekiston Respublikasining 1998 yil 30 apreldagi “Chet el investitsiyalari to’g’risidagi” 609-I-sonli Qonuni, 12-modda
8. Chet ellik investorlar va chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar, O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq, har qanday chet davlat fuqarolari bilan va O’zbekiston Respublikasidan tashqarida yashovchi fuqaroligi bo’lmagan shaxslar bilan investitsiya faoliyatini amalga oshirish maqsadida erkin mehnat shartnomalari tuzish huquqiga ega. Bunday shaxslar tegishli ko’p martalik vizalar olgan holda mehnat shartnomasining butun amal qilish davri uchun O’zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelish va unda qolish huquqiga ega.
Asos: O’zbekiston Respublikasining 1998 yil 30 apreldagi “Chet el investitsiyalari to’g’risidagi” 609-I-sonli Qonuni, 14-modda
9. Xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalarning valyuta bilan o’zini o’zi qoplash imkoniyatini oshirish, ular tomonidan raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni hamda eksportga yetkazib berishni ko’paytirish maqsadida quyidagi qo’shimcha imtiyozlar yaratilgan:
- o’zi ishlab chiqargan mahsulotga eksport boj to’lovlari bekor qilinsin;
- xaridorlarga xizmat qiluvchi vakil banklarning kafolatlari mavjud bo’lgan hamda amaldagi qonunlarda ko’zda tutilgan valyuta daromadi tushumi muddatlariga rioya etilgan taqdirda o’z mahsulotini oldindan haq to’lamasdan va akkreditiv ochmasdan eksport qilish huquqi berilsin;
- chet ellarda tashqi bozorlarning marketing tadqiqotlari hamda ishlab chiqarayotgan mahsulotni reklama qilish maqsadida savdo uylari hamda vakolatxonalari ochib, ularga konsignatsiya shartlari asosida tovarlar yetkazib berishga ijozat berilsin;
- o’zi ishlab chiqaradigan mahsulotni yetkazib berish uchun eksport kontraktlarini (litsenziyalanadigan tovarlar eksportidan tashqari) O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida ro’yxatdan o’tkazish bekor qilinib, ularni vakil banklarda va bojxona organlarida hisobga olishning amaldagi tartibi saqlab qolinsin;
- korxonalar o’zi ishlab chiqaradigan eksport mahsulotining kontrakt narxlarini shartnoma asosida mustaqil shakllantirishlari belgilab qo’yilsin.
Asos: O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 26 avgustdagi “Xorijiy sarmoyalari bo’lgan korxonalar ishlab chiqaradigan mahsulot eksportini rag’batlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” PF-1831 sonli Farmoni
скачать dle 12.0
рейтинг: 
Оставить комментарий
  • DenHor
  • 12-05-2019, 17:03
  • : 17:03
    • Нравится
    • 0
Mar 31, 2019 Check out the average salary of a dental hygienist in every U.S. state. From 2016 to 2017, dental hygienist salaries grew by 5.2%, from $78,720 to $82,850. Meanwhile, No. 1 Alaska saw a Texas, $74,010. Utah, $69,720. http://bobijoel.ml/page/how-do-i-become-a-dental-hygienist/
  • Komikslar
  • Latifalar
  • Videolar
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
  • Вконтакте
  • Facebook
  • Twitter
{vkcom}