Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 12:06 – Sanoat korxonalarining samarali faoliyati iqtisodiyotning barqaror ishlashining muhim omili 
  • 11:40 – O‘zbekiston 1,4 million dollarlik choy eksport qiladi 
  • 18:34 – Mehnat migratsiyasi agentligi 3500 nafardan ortiq kishini chet elga ishlashga jo‘natdi 
  • 14:40 – O'zbekiston iqtisodiyoti qanaqa xususiyatlarga ega bo'lishi kerak-ki, u raqobatbardosh hisoblana boshlasa? 


Bank xizmatlari iste’molchilari huquqlarini himoya qilish xizmati tashkil etildi


Markaziy bankda Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash departamenti negizida Bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish xizmati tashkil etildi, deya xabar qildi MB matbuot xizmati.
Xizmatning asosiy vazifalari — bank xizmatlari iste’molchilarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoyalash, moliyaviy xizmatlar qulayligini oshirish hamda aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining moliyaviy savodxonlik darajasini oshirishdan iborat.
Bunda bank xizmatlari deganda tijorat banklari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar tushuniladi. Bank xizmatlari iste’molchilari deganda esa kredit tashkilotlaridan bank xizmatlarini olmoqchi bo‘lgan, olayotgan yoki olib bo‘lgan jismoniy shaxslar (ro‘yxatdan o‘tgan yakka tartibdagi tadbirkorlar ham) va yuridik shaxslar kiradi.
Xizmat o‘z faoliyati davomida tijorat banklari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan huquq buzilishlari holatlari bilan bog‘liq murojaatlarni ko‘rib chiqib, mazkur huquqbuzarliklarni bartaraf etish va iste’molchilarning huquqlarini tiklash bo‘yicha ishlar olib boradi.
Bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish va kuchaytirish maqsadida Jamoat qabulxonalarini tashkil etish rejalashtirilgan. Mazkur Jamoat qabulxonalariga iste’molchilar bank xizmatlari sohasidagi amaldagi qonunchilik normalari yuzasidan maslahat va tushuntirishlar olish maqsadida murojaat etishlari mumkin.
Shuningdek, moliyaviy xizmatlarning ommabopligini oshirish maqsadida, kredit tashkilotlariga bank xizmatlari iste’molchilarining manfaatlarini himoya etish standartlariga nisbatan qo‘yiladigan minimal talablarni belgilash, aholining bank tizimiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash yuzasidan moliya-kredit tizimida tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish, bank xizmatlarini ko‘rsatish madaniyatini oshirish, mijozlarning talablarini qondirish imkonini beruvchi innovatsion bank xizmatlarini ko‘rsatish ko‘zda tutilgan.
Iste’molchilarning bank filiallari ofislariga hech qanday to‘siqsiz kirishi uchun ma’murlar bilan ta’minlangan mijozlarni dastlab qabul qiluvchi va axborot-maslahat beruvchi tizim va shart-sharoitlar yaratiladi.
Shuningdek, iste’molchilarning xizmatlar bo‘yicha haqqoniy va batafsil axborot olishdagi huquqlarini amalga oshirish maqsadida kredit muassasalari tomonidan mijozlarga kredit shartnomasi tuzilishidan oldin kredit (zayom)ning haqiqiy qiymatini bilish imkonini beradigan «kreditning to‘liq qiymati» to‘g‘risida axborot taqdim etilishini ta’minlash choralari ko‘riladi.
Markaziy bank bank xizmatlarining sifatini yaxshilash, aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining moliyaviy savodxonligini oshirish hamda bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilishga qaratilgan qonunchilik normalarini takomillashtirish yuzasidan rejali tarzda ishlarni amalga oshirib boradi.
Joriy yilning mart oyida Markaziy bankning internet-resursida (http://www.cbu.uz) Xizmatning alohida bo‘limi ochiladi. Ushbu bo‘limda bank xizmatlari iste’molchilari uchun batafsil ma’lumotlar joylashtirib boriladi.
Bank xizmatlari iste’molchilari o‘z huquqlarini buzilishi holatlari yuzasidan Markaziy bankning (0371) 200−00−44 raqamli Ishonch telefoniga yoki Toshkent shahri Islom Karimov ko‘chasi 6-uyga murojaat etishlari mumkin.
Manba:https://www.gazeta.uz/oz/2018/02/27/bank/скачать dle 12.0
рейтинг: 
Оставить комментарий
  • Komikslar
  • Latifalar
  • Videolar
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
  • Вконтакте
  • Facebook
  • Twitter
{vkcom}