Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 12:06 – Sanoat korxonalarining samarali faoliyati iqtisodiyotning barqaror ishlashining muhim omili 
  • 11:40 – O‘zbekiston 1,4 million dollarlik choy eksport qiladi 
  • 18:34 – Mehnat migratsiyasi agentligi 3500 nafardan ortiq kishini chet elga ishlashga jo‘natdi 
  • 14:40 – O'zbekiston iqtisodiyoti qanaqa xususiyatlarga ega bo'lishi kerak-ki, u raqobatbardosh hisoblana boshlasa? 


Prezident barcha turdagi tovarlar bo‘yicha eksport bojxona bojlarini bekor qildi

Prezident barcha turdagi tovarlar bo‘yicha eksport bojxona bojlarini bekor qildi

Prezident Shavkat Mirziyoevning 15 dekabrdagi farmoniga binoan barcha turdagi tovarlarga eksport bojxona bojlari va tovarlarni eksport qilishni litsenziyalash bekor qilindi.

Davlat rahbari 15 dekabr kuni «Eksportni rag’batlantirish va mahalliy tovarlarning tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g’risida»gi farmonga imzo chekdi.

Hujjatda barcha turdagi tovarlarga eksport bojxona bojlari va tovarlarni eksport qilishni litsenziyalashni bekor qilish nazarda tutilgan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan muayyan tovarlar bundan mustasno.

Bundan tashqari, o‘z mahsulotlarini eksport qiluvchi barcha mulkchilik shaklidagi korxonalarga xorijda savdo uylari va vakolatxonalarini tashqi bozorlarni marketing tadqiqot qilish hamda o‘z mahsulotlarini reklama qilish uchun ochishga ruxsat berildi. Ular konsignatsiya shartlarida tovarlarini etkazib berishlari ham mumkin, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan muayyan tovarlar bundan mustasno.

Hujjatning to‘liq matni bilanhttp://lex.uz/index.aspx tanishishingiz mumkin.



скачать dle 12.0
рейтинг: 
Оставить комментарий
  • Komikslar
  • Latifalar
  • Videolar
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
  • Вконтакте
  • Facebook
  • Twitter
{vkcom}